«Chelsi» darvozaboni Emiliano Martines «Everton»ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Argentinalik 34 yoshli posbon raqib futbolchisi bilan boshi bilan to‘qnashib ketdi. Unga taxminan 10 daqiqa davomida tibbiy yordam ko‘rsatildi, shundan so‘ng zambilda maydondan olib chiqildi. O‘sha paytda Martines hushida bo‘lgan.
Natijada 75-daqiqada uning o‘rniga Mayk Penders maydonga tushdi. Qolgan vaqt davomida u jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.
Ushbu bahsda «Chelsi» 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. London klubi safida gollar Pedro Neto hisobiga yozildi.
APL. 7-tur
Everton — Chelsi 0:2
Gollar: Neto 46, 90
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi