Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar jamoasining jahon chempionati guruh bosqich 2-turi doirasida Yaponiyaga (0:4) mag‘lub bo‘lgach, fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tunis keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini rasman yo‘qotdi va uchinchi turda qanday natija qayd etishiga qaramay, pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.
«Birinchi bo‘limni to‘pni o‘z nazoratimizga ola olmadik. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqasida yaxshi harakat qildik, ammo keyin kuchsizlanib qoldik…
Gol o‘tkazib yubordik va tabiiyki, bu ruhiy holatimizga ta’sir qildi. Futbolchilar taslim bo‘lishmadi va oxirigacha kurashishdi. Biz bugun o‘zimizdan ancha kuchli bo‘lgan jamoaga imkoniyatni boy berdik. Bunday vaziyatlar futbolchilar uchun ayniqsa og‘ir bo‘ladi, lekin o‘zimizni yo‘qotmasligimiz muhim.
Musobaqani tark etishimizni bilamiz, lekin uchinchi o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz», — deya Renar so‘zlaridan iqtibos keltirdi beIN Sports.
Eslatib o‘tamiz, 1-turda 1:5 hisobida Shvetsiyaga mag‘lub bo‘lgach, Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyi Sabri Lamushi iste’foga chiqarilgan edi.