Live
1
O'zbek

JCH-2026. Niderlandiya Shvetsiyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
20 iyun, 15:01
Kuman jamoasi raqib darvozasiga beshta gol urib, guruh peshqadamiga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCH-2026. Niderlandiya Shvetsiyani yirik hisobda mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya 5 : 1 Shvetsiya Shvetsiya

JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Niderlandiya milliy jamoasi Shvetsiya ustidan 5:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

AQSHning Xyuston shahridagi «NRG Stadium» stadionida o‘tkazilgan bahsda Ronald Kuman shogirdlari o‘yin boshidanoq tashabbusni qo‘lga oldi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Brayan Brobbi hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urib, dubl qayd etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kodi Gakpo ham o‘z so‘zini aytdi. U 47 va 54-daqiqalarda gol urib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi.

59-daqiqada Entoni Elanga Shvetsiyaning yagona goliga mualliflik qildi. Yakuniy nuqtani esa 89-daqiqada Krisensio Sammervill qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Niderlandiya hisobidagi ochkolar soni 4 taga yetdi va jamoa F guruhi peshqadamiga aylandi. Shvetsiya esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.

JCH-2026. 2-tur
Niderlandiya — Shvetsiya 5:1
Gollar:
Brobbi 5, 17, Gakpo 47, 54, Sammervill 89 — Elanga 59.

Niderlandiya: Bart Verbryuggen, Denzel Dyumfris, Yan-Paol van Xekke, Virgil van Deyk, Miki van de Ven, Rayan Gravenberx, Frenki de Yong (59' Gus Til), Tidyani Reynders (59' Ten Kopmeyners), Doniyell Malen (46' Krisensio Sammervill), Brayan Brobbi (72' Memfis Depay), Kodi Gakpo (90' Noa Lang).
Shvetsiya: Kristoffer Nordfeldt, Gustav Lagerbilke, Isak Xin, Viktor Lindelyof, Aleksander Bernxardsson (55' Entoni Elanga), Benyamin Nyugren (55' Lukas Bergvall), Yesper Karlstryom (55' Besfort Zeneli), Yasin Ayari (79' Taha Abdi Ali), Gabriel Gudmundsson, Viktor Gokeresh, Aleksander Isak.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar