Live
6
O'zbek

Van Deyk: «Dunyo Yaponiya milliy jamoasini biroz past baholadi»

Futbol
21 iyun, 11:54
Niderlandiya sardori yaponlarning JCH-2026dagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Van Deyk: «Dunyo Yaponiya milliy jamoasini biroz past baholadi»
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya 5 : 1 Shvetsiya Shvetsiya

Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Yaponiyaning JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirib, osiyolik futbolchilarning kuchi yetarlicha e’tirof etilmayotganini ta’kidladi.

«Menimcha, dunyo Yaponiya milliy jamoasini biroz past baholadi. Bu juda kuchli jamoa. Ular bilan o‘yin boshidanoq qiyin kechishi aniq edi.

Uchrashuvdan keyingi reaksiyalar menga biroz g‘alati tuyuldi. Buni hurmatsizlik demagan bo‘lardim, ammo odamlar Yaponiyaning qanchalik kuchli ekanini unutib qo‘yishgandek edi», — dedi Van Deyk.

Niderlandiyalik futbolchi yaponlarning so‘nggi natijalarini ham eslatib o‘tdi.

«Yaponiya uzoq vaqt mag‘lub bo‘lmay kelayotgandi, bir necha o‘yin davomida gol ham o‘tkazmagandi. Ular Braziliya, Angliya va Shotlandiyani mag‘lub etishgan. Bunday jamoaga qarshi o‘ynash har doim qiyin», — dedi u.

Van Deykning ta’kidlashicha, Yaponiya bilan 2:2 hisobidagi durang alamli bo‘lgan bo‘lsa-da, jamoa o‘sha o‘yindan ko‘plab ijobiy jihatlarni olgan.

«Albatta, so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib durang o‘ynash yoqimsiz. Ammo o‘sha bahsda ko‘plab yaxshi jihatlar ham bo‘lgan va biz aynan shular ustida ishladik.

Shvetsiyaga qarshi o‘yin esa buni ko‘rsatdi. Ayniqsa har ikki bo‘limning boshlarida juda yaxshi harakat qildik. Eng muhimi, biz 5:1 hisobida g‘alaba qozondik. Endi tiklanib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz», — dedi Niderlandiya sardori.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 F guruhi 2-turidan so‘ng Niderlandiya va Yaponiya jamoalari 4 ochkodan jamg‘arib, mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi. Shvetsiya hisobida 3 ochko bor, Tunis esa hali ochko to‘play olmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar