Live
2
O'zbek

«Faxrlansak arziydi». Brobbi va Gakpo - Robben va van Persining jahon chempionatidagi rekordini takrorlagani haqida

Futbol
21 iyun, 07:31
Brobbi va Gakpo uzoq tanaffusdan so‘ng, Niderlandiya milliy jamoasi safida bunday natijaga erishgan juftlikka aylandi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Faxrlansak arziydi». Brobbi va Gakpo - Robben va van Persining jahon chempionatidagi rekordini takrorlagani haqida
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya 5 : 1 Shvetsiya Shvetsiya

Niderlandiya milliy jamoasi futbolchilari Brayan Brobbi va Kodi Gakpo jahon chempionati-2026 guruh bosqich 2-tur doirasida Shvetsiya bilan o‘yinda (5:1) dubl rasmiylashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bunday holat jahon chempionatlarida 2014-yildan buyon kuzatilmagandi. O‘shanda Arena Robben va Robin van Persi bir o‘yinda 2 tadan gol urishgandi.

«Bu haqda bilmasdim, ammo juda ham xursandman. Faxrlanaman. Robin van Persi va Aren Robben — Niderlandiyaning afsonalari. Ular bilan bir qatorda tilga olinish — bu men uchun ham, jamoa uchun yuksak sharaf», — deya Brobbi so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA.

«Unga o‘z nomingni yozdirib qo‘yish uchun yaxshi ro‘yxat. Robben va van Persi — endi esa Brayan va men. Shubhasiz, faxrlanishga arziydigan sabab bor. Men 2014-yil 15 yoshimda Niderlandiya va Ispaniya o‘rtasidagi afsonaviy bahsni tomosha qilganman, o‘shanda niderlandiyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozongan. Endi esa bizning o‘zimiz muxlislarning yangi avlodi uchun xotiralar yaratyapmiz», - qo‘shimcha qildi Gakpo.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya milliy jamoasi 4 ochko bilan F guruhida yetakchilik qilmoqda. Keyingi turda jamoa 26 iyun kuni Tunis bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar