Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Denis Undav Kot-d'Ivuar (2:1) bilan bellashuvda eng yaxshi futbolchi deb topildi.
29 yoshli forvard 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 68 va 90+4-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi. Natijada nemislar kamobek evaziga g'alaba qozondi.
Shu tariqa, Undav turnirdagi 3-golini urdi. Uning hisobida ikki assist ham bor.
Ma'lumot uchun, ikki turdan keyin Germaniya 6 ochko bilan pley-offga yo'llanma olgan uchinchi jamoaga aylandi.