«Malaga» La Liganing yangi mavsumdagi so'nggi ishtirokchisiga aylandi.
Klub yo'llanma uchun kechgan pley-off javob final uchrashuvida «Almeriya»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Birinchi uchrashuvda jamoalar 0:0 hisobida durang o'ynagandi.
G'oliblar tarkibida gollarni 65-daqiqada Ruis Rubio Karlos va 71-daqiqada David Larrubia kiritdi. Mehmonlar safida esa golni 76-daqiqada Leo Baptistau urdi.
Avvalroq Ispaniya chempionatining oliy divizionida ishtirok etish huquqini «Rasing» va «Deportivo» klublari qo'lga kiritgandi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «Oviedo», «Girona» va «Malorka» La Liga bilan xayrlashgandi.