Bugun
17
O'zbek

Dalot: "Ronalduda milliy jamoada 20 yildan ortiq tajribasi bor. U jamoaga ishonch bag'ishlaydi"

Futbol
20 iyun, 17:46
Diogu ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Dalot: "Ronalduda milliy jamoada 20 yildan ortiq tajribasi bor. U jamoaga ishonch bag'ishlaydi"
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Diogu Dalot ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

"Kiyinish xonasida, bizning stadionimizda, jahon chempionatiga kelishdan oldin buni batafsil muhokama qilish imkoniyatimiz bo'lgandi. Turnir oldidan bo'lgan suhbat bizga bunday lahzalarga tayyorlanishga yordam berdi. Bu haqiqatan ham sodir bo'lganida, biz jamoaning zaif emasligini ko'rsata oldik - biz qiyinchiliklar va tanqidlarga duch kelishimizni bilardik.

Ba'zan adolatsiz, ba'zan noaniq, ko'pincha bo'rttirilgan". Hamma Krishtianuning tanqidlarga qanday munosabatda bo'lishini biladi. Uning milliy jamoada 20 yildan ortiq tajribasi bor. U jamoaga ishonch bag'ishlaydi, biz esa unga. Bu doim shunday bo'lgan va doim shunday bo'ladi. U milliy jamoada o'ynar ekan, doim maydonga tushishga tayyor", — deya Dalotning so'zlaridan keltiradi ESPN nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar