Live
1
O'zbek

Diash: «Ronaldu OAVdagi bosimlarga o'rganib qolgan»

Futbol
20 iyun, 12:47
Tajribali himoyachi Krishtianuga bo'layotgan bosimga e'tibor qaratdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Diash: «Ronaldu OAVdagi bosimlarga o'rganib qolgan»
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Ruben Diash DR Kongoga qarshi kechgan o'yindagi (1:1) durangdan so'ng Krishtianu Ronaldu sha'niga aytilgan tanqidlarni munosabat bildirdi.

«Tanqidlar biz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Shunchaki ortiqcha shov-shuv va yirik turnirlarning ajralmas bir qismidir. Ha, hammaga shunchaki quruq shov-shuv. Aslida o'yin o'xshamay qolgan paytda shunday bo'ladi. Ortiqcha tanqidlardan uzoq bo'lish o'z ishimizga e'tibor qaratishimiz kerak.

Krishtianu OAV tomonidan bo'ladigan bunday bosimlarga allaqachon ko'nikib ketgan. Odatda biz klub, milliy jamoada ham, Yevropa va Jahon chempionatlarida ham doimo mana shunday muhitga duch kelamiz», — dedi Diash A Bola nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya 2-turda 23 iyun kuni O'zbekistonga qarshi bellashaji. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar