Bugun
17
O'zbek

Klopp van Deykni himoya qildi: «Van der Vaart gapirishga ham arzimaydi»

Futbol
20 iyun, 16:32
Germaniyalik mutaxassis Niderlandiya afsonasining tanqidlariga keskin javob qaytardi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Klopp van Deykni himoya qildi: «Van der Vaart gapirishga ham arzimaydi»
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya 5 : 1 Shvetsiya Shvetsiya

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Niderlandiya milliy jamoasi sardori Virjil van Deykni himoya qilib, Rafael van der Vaartning tanqidlariga munosabat bildirdi.

Hamma narsa Niderlandiyaning Yaponiya bilan 2:2 hisobidagi durangidan keyin boshlandi. NOS telekanali eksperti sifatida ishlayotgan van der Vaart Van Deykning harakatlarini keskin tanqid qilgandi.

«Rostini aytsam, Van Deykning o‘yinidan hayratda qoldim. Ayniqsa burilishlarda juda qiynalayapti. Xuddi Boeing 747 samolyoti burilgandek taassurot qoldirdi. Umid qilamanki, turnir davomida u tezroq harakatlana boshlaydi», — degan edi sobiq futbolchi.

Klopp esa bu fikrlarni keskin rad etdi.

«Rafael van der Vaart gapirishga arziydimi, bunga ham ishonchim komil emas. Agar u qachondir biror futbolchi haqida ijobiy fikr bildirse, balki shundan keyin uning gaplarini jiddiy qabul qilaraman.

Unda bir narsani ko‘rib, uni albatta chiroyli va keskin tarzda tanqid qilish odati bor. Go‘yoki hamma narsaga qarshi chiqishi keradek. Shunday ekan, bunday gaplar unchalik muhim emas», — deya Kloppning so‘zlarini keltirdi Goal nashri.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Virjil van Deyk Klopp davrida «Liverpul»ning asosiy yetakchilaridan biri bo‘lgan va jamoa bilan Angliya Premer-ligasi hamda Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. Hozirda u Ronald Kuman boshqaruvidagi Niderlandiya milliy jamoasi sardori hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar