«Real» klubi hujumchi Vinisius Juniorning kelajagi borasidagi pozitsiyasini aniqlab oldi. Bu haqda ispan jurnalisti Migel Serrano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» rahbariyati yaqin orada futbolchining shartnomasi bilan bog‘liq masalani hal qilish niyatida.
«Real»ning asosiy vazifasi — Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish. Biroq, agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, klub futbolchini shu yozning o‘zidayoq sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin», — dedi Serrano ijtimoiy tarmoqlardagi jonli efirda.
Eslatib o‘tamiz, klub va futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha hamon kelisha olmayapti. Bunga braziliyalik futbolchining jamoadan katta maosh so‘rayotgani sabab qilib ko‘rsatilgandi.