Live
1
O'zbek

Kurtua faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi

Futbol
19 iyun, 19:30
Shuningdek, u «Genk» jamoasiga qaytishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kurtua faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi
Фото: Getty Images

Belgiya milliy jamoasi va «Real» darvozaboni Tibo Kurtua faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi.

Shuningdek, o'zining birinchi klubi — Belgiyaning «Genk» jamoasiga qaytishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«Men uchun «Genk» — futbolchilik faoliyatimdagi yopilgan sahifa. O'ylaymanki, u yerda yaxshi bir yil o'tkazdim. «Genk»da bir nechta kuchli yosh darvozabonlar bor, shuning uchun o'yinchi sifatida u yerga qaytishim kerak deb o'ylamayman.

Agar faoliyatimni «Real»da yakunlay olsam, bu mening orzuim va maqsadim bo'ladi. Yaqin yillarda nima bo'lishini ko'ramiz», – deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

O'tgan mavsumda Kurtua Ispaniya La Ligasida 32 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol o'tkazib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar