Tribuna.uz saytining Qozog‘istondagi hamkori Sports24.kz sayti O‘zbekistonning Kolumbiyaga (1:3) uchrashuvidan keyin rossiyalik taniqli futbol sharhlovchisi, «Match TV» telekanali jurnalisti Georgiy Cherdantsev bilan Fabio Kannavaro shogirdlarining debyut o‘yinini tahlil qildi.
Georiy Cherdantsev Kolumbiyaga qarshi milliy jamoamizning o‘yinini e’tirof etgan bo‘lsa-da, Portugaliyaga qarshi 2-tur o‘yinida imkoniyati juda pastligini ma’lum qildi.
«O‘zbekistonga qarshi o‘yinda Ronalduni kimdir Portugaliyaning zaxira o‘rindig‘iga o‘tqiza olmaydi, agar uning o‘zi buni istamasa. Uning atrofidan kimdir unga buni to‘g‘ri tushuntirishi kerak bo‘ladi. Aks holda u birovning o‘rnini band qilaveradi. Hozir shaxsiy natijadan ko‘ra, jamoaviy natija muhimroq sanaladi.
O‘zbekistonning JCH-2026dagi maqsadi avvalo turnirda munosib ishtirok bo‘lishi kerak. Qolgani omad bilan bog‘liq.
O‘zbekiston bu turda guruh favoritiga qarshi o‘ynaydi. Afsuski, portugallar 1-turda zarur ochkolarni yo‘qotib qo‘yishdi. Endi ular yana ochko yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yishmaydi. O‘zbekiston bu uchrashuvga tayyor bo‘ladi, ammo natija haqida so‘rasangiz, O‘zbekistonning Portugaliyaga qarshi durang o‘ynashi yoki g‘alaba qozonish imkoniyati nolga teng. Ular Kolumbiyaga qarshi qo‘rqmay o‘ynagandek, bu safar ham o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishlari kerak», - dedi Georgiy Cherdantsev.
Quyida to‘liq suhbatni tomosha qiling: