«Real» klubi yarimhimoyachi Daniel Seballos bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda ESPN jurnalisti Rodra o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.
«Betis» klubi futbolchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Biroq Dani maoshini kamaytirishi va «Real» bilan kelishuvga erishishi kerak.
Qayd etilishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Gonsalo Garsiya va vinger Frank Mastantuono bilan hamkorlikni davom ettirishga qarshi emas. Portugaliyalik murabbiy ushbu o'yinchilarni jamoada qolishini istamoqda.