Jahon chempionatining 2-turida Marokash milliy jamoasi Shotlandiyaga qarshi bellashdi.
S guruhining ilk bahsida afrikaliklar minimal hisobda g'alaba qozondi, - 1:0. Yagona gol 2-daqiqada Ismoil Saybari hisobiga yozildi.
«Bavariya»ga o'tishi deyarli aniq bo'lgan futbolchi birinchi turda ham Braziliya darvozasiga yo'l topgandi.
Shu tariqa, Marokash ikki o'yindan so'ng 4 ochko bilan guruhda peshqadamga aylandi. Shotlandiya hisobida 3 ochko bor.
JCH-2026. 2-tur
Shotlandiya – Marokash 0:1
Gol: Saybari 2
Shotlandiya – Gann, Henli, Hendri, Robertson, Tirni (Douk, 60), Patterson (Ralston, 89), Maktominay, Fergyuson, Makginn (Styuart, 89), Kristi (Maklin, 71), Adams (Dayks, 71).
Marokash – Bunu, Hakimi, Diop, Riad, Mazraui, Al Aynaviy (Al Murabet, 89), Buaddi, Unai, El Hannus (Talbi, 84), Saybari (Rahimi, 84), Dias (Amaymuni, 84).
Ogohlantirishlar: Robertson 65 – Diop 23