Live
1
O'zbek

Norvegiya milliy jamoasi JCH-2026ga o'zi bilan bir tonnadan ortiq oziq-ovqat olib keldi

Futbol
19 iyun, 16:41
Bu haqida Diario AS nashri xabar tarqatdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Norvegiya milliy jamoasi JCH-2026ga o'zi bilan bir tonnadan ortiq oziq-ovqat olib keldi
Фото: Getty Images

Norvegiya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun o'zi bilan birga bir tonnadan ziyoda maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini olib keldi. Bu haqida Diario AS nashri xabar tarqatdi.

Norvegiyaliklarning AQSHning Shimoliy Karolina shtati, Grinsboro shahridagi qarorgohiga keltirilgan mahsulotlar ro'yxatidan 6000 dona apelsin, 300 kg atlantika lososi va oq baliq, shuningdek, 116 kg milliy jigarrang pishloq o'rin olgan.

Bundan tashqari, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan birga milliy jamoaning shaxsiy shef oshpazi ham AQSHga tashrif buyurgan.

Eslatib o'tamiz, Norvegiya guruh bosqichining 1-turida Iroqni 4:1 hisobida mag'lub etib, guruhda peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
Bugungi yangiliklar