Live
2
O'zbek

Holand oʻz debyutida gol urg‘an turnirlar soni 5 taga yetdi

Futbol
17 iyun, 11:25
Norvegiyalik hujumchi JChda ham an'anasini davom ettirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Holand oʻz debyutida gol urg‘an turnirlar soni 5 taga yetdi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Iroq Iroq 1 : 4 Norvegiya Norvegiya

“Manchester Siti” klubi va Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichi 1-turidan oʻrin olgan Iroqqa (4:1) qarshi bahsda dubl qayd etdi.

Natijada 25 yoshli futbolchi yirik musobaqalardagi debyut oʻyinida gol urish an'anasini davom ettirdi.

Bungacha Erling YCHLdagi ilk oʻyinida «Zaltsburg» safida «Genk»ga qarshi het-trik qayd etgan va uning jamoasi 6:2 hisobida g‘alaba qozongandi.

Bundesligada esa norvegiyalik futbolchi «Borussiya D» tarkibida «Augsburg»ga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushib, 23 daqiqa ichida het-trik rasmiylashtirgan va jamoasiga 5:3 hisobidagi g‘alabani keltirgan.

Holand Premyer-ligada «Manchester Siti» safida debyut qilganida dubl muallifi bo‘lgan. O‘shanda «Vest Hem» 2:0 hisobida mag‘lub etilgan.

Shuningdek, hujumchi Norvegiya uchun Millatlar ligasidagi ilk o‘yinda ham to‘p kiritgan. Biroq o‘sha bahsda uning jamoasi Avstriyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Iroq Iroq
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar