Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand jahon chempionatlari tarixida mamlakati uchun yangi rekord o‘rnatdi.
Yulduz futbolchi JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Iroq darvozasiga ikkita gol urib, Norvegiya tarixida mundial final bosqichida dubl qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Holandning gollari norvegiyaliklarning Iroq ustidan 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasida muhim rol o‘ynadi.
Shu tariqa, 24 yoshli hujumchi nafaqat jamoasiga muvaffaqiyatli start taqdim etdi, balki Norvegiya futboli tarixidan ham joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya milliy jamoasi jahon chempionatida so‘nggi bor 1998 yilda ishtirok etgandi. O‘shanda skandinaviyaliklar guruhdan chiqib, 1/8 finalda Italiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.
JCH-2026 guruh bosqichining navbatdagi turida Ole Gunnar Solbakken shogirdlari 23 iyun kuni Senegalga qarshi maydonga tushadi.
Norvegiyaning guruhdagi yana bir raqibi esa so‘nggi ikki jahon chempionati finalchisi — Fransiya milliy jamoasi hisoblanadi.