2026 yildagi jahon chempionati E guruhida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Ekvador milliy jamoasi Kyurasaoga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Qayd etish lozim, ushbu natijadan so‘ng Dik Advokat shogirdlari mundialdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot o‘rnida, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda Germaniya Kot-d'Ivuarnni 2:1 hisobida taslim etgandi.
JCh-2026. E guruhi. 2-tur
21 iyun. Kanzas Siti. «Arrowhead Stadium»
Ekvador — Kyurasao 0:0
Ekvador — Galindes, Inkapiye, Pacho, Estupinyan (Angulo 71), Alsivar (Rodriges 46), Vite, Franko (Presiado 83), M. Kaysedo, Yeboa (J. Kaysedo 89), Valensiya, Plata.
Kyurasao — Rum, Obispo, Floranus, Gaari, Brenet, Fonvill (Eyjma 76), Juninio Bakuna (Gorre 75), Leonardo Bakuna, Komenensiya (Roemeraato 84), Chong (Margarita 76), Lokadiya (Kastaneer 83).
Ogohlantirishlar: Alsivar 38, L. Bakuna 39, J. Bakuna 53, Komenensiya 56, Gaari 75, Kastaneer 90+1.