Germaniya milliy jamoasi 2014 yildan beri jahon chempionatlarida quruq o'yin o'tkaza olmayapti.
Bugun, 21 iyun kuni 4 karra jahon chempionlari mundial guruh bosqich 2-turi doirasida Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Qayd etish lozim, germaniyaliklar oxirgi bor 2014 yildagi jahon chempionati finalida o'z darvozasidan gol o'tkazmagan.
O'shanda jamoa Argentina ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Shundan beri Manuel Noyer ketma-ket 8 ta o'yinda raqiblaridan gol qabul qilib olgan.
Ma'lumot o'rnida, 25 iyun kuni Germaniya Ekvadorga qarshi bahs olib boradi.