Live
1
O'zbek

Habib JCh-2026 favoritini aytdi

Futbol
19 iyun, 15:10
UFC sobiq chempioni turnir to'purari kim bo'lishi mumkinligini ham taxmin qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Habib JCh-2026 favoritini aytdi
Foto: Getty Images

UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov 2026 yildagi Jahon chempionati favoritlari haqidagi savolga javob berdi.

«Birinchi o'ringa nemislarni qo'yardim. Ularga muxlislik qilmasam ham, o'ylashimcha, Germaniya birinchi o'rinda bo'ladi. Ikkinchi o'ringa niderlandiyaliklarni, uchinchi pog'onaga esa ispaniyaliklarni qo'yardim.

Eng yaxshi to'purar? Keling, besh nafar futbolchini aytaman: Kilian Mbappe, Lautaro Martines, Vinisius Junior, Joau Feliks va Harri Keynni tanlash mumkin»,
— deb taxmin qildi Nurmagomedov.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi mundial finali 19 iyul kuni Nyu-Jersida bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar