«Ayaks» klubi «Monako» himoyachisi Kayo Enrikening transferi borasida jiddiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Footmercato nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'r, Niderlandiya klubi ushbu transferni joriy yozgi transfer oynasida yakunlashni maqsad qilgan.
Kelishuv bahosi taxminan 10 million evroga baholanmoqda, shuningdek, shartnomada turli bonuslar ham ko'zda tutilishi kutilmoqda.
Braziliyaning «Flamengo» klubi ham futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
O'tgan mavsumda Kayo Enrike «Monako» tarkibida barcha turnirlar doirasida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliyalik himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining ayni damdagi bozor bahosi 12 million evroga tashkil etadi.