Live
1
O'zbek

“Brayton” Vushkovich bo'yicha “Tottenhem”ga taklif yubordi

Futbol
19 iyun, 17:41
Taklif bonuslar bilan birga 45 million yevrolik paketni tashkil etadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
“Brayton” Vushkovich bo'yicha “Tottenhem”ga taklif yubordi
Фото: Getty Images

“Brayton” klubi “Tottenhem” himoyachisi Luka Vushkovich bo'yicha yangi rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda Fabrizio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, taklif bonuslar bilan birga 45 million yevrolik paketni tashkil etadi.

Avvalroq xorvatiyalik futbolchining “Brayton” bosh murabbiyi Fabian Hyurtzeler va klub rahbariyati bilan muzokaralari ijobiy ruhda o'tgani xabar qilingandi.

Xorvatiyalik futbolchi bo'yicha ikkita taklifni rad etib bo'lgan “Tottenhem” tez orada uning kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilishi kutilmoqda.

Vushkovich 2025/2026 yilgi mavsumni Germaniyaning “Hamburg” klubida ijarada o'tkazdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
Bugungi yangiliklar