"Koventri" klubi bosh murabbiy Frenk Lempard jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, 47 yoshli mutaxassis jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Hozirda tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yakuniy pallaga kirdi. Yangi bitim uzoq muddatga moʻljallanishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Lempard 2024 yilning noyabr oyida "Koventri" boshqaruvini qoʻlga olgan edi. Oʻtgan mavsumda jamoa bilan Chempionshipda gʻolib boʻlib, APLga yoʻllanma oldi.
Yangi mavsumning 1-turida Lempard jamoasi safarda amaldagi chempion — "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.