Football.London xabariga ko‘ra, Mixail Mudrik bilan kamida uchta Angliya Premyer-ligasi klubi qiziqmoqda. Ular orasida Frenk Lempard boshchiligidagi «Koventri» ham bor. Lempard avval Mudrik bilan birga ishlagan.
Bundan tashqari, ukrainalik futbolchining Fransiyaning «Strasburg» klubiga o‘tishi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Mudrikning faoliyati esa uzoq tanaffusdan so‘ng qayta tiklanishi mumkin. 2024 yilda uning doping namunasida meldoniy aniqlangach, futbolchi vaqtincha chetlatilgan edi. 2025 yil may oyida Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) unga antidoping qoidalarini buzganlik bo‘yicha ayblov qo‘ygan va keyinchalik futbolchi to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingan.
Biroq 2026 yil 31 iyul kuni FA Mudrik bo‘yicha intizomiy ish yakunlanganini va diskvalifikatsiya bekor qilinganini tasdiqladi.
Shu sababli 25 yoshli vinger uchun yangi klubga ijara asosida o‘tish — uzoq tanaffusdan keyin professional futboldagi faoliyatini qayta boshlash imkoniyati bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Mudrik so‘nggi rasmiy uchrashuvini 2024 yilda o‘tkazgan.