«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasidagi yangi murabbiylar, jumladan «Manchester Siti» ustozi Enso Mareska bilan raqobat jamoasining rivojlanishiga yordam berishini ta’kidladi.
«Raqobat nafaqat Mareska, balki boshqa murabbiylar va ligaga kelgan yangi, juda kuchli mutaxassislar bilan ham bo‘ladi. Biz bu ligada ajoyib murabbiylar juda ko‘p ekanini bilamiz. Har hafta ularga qarshi bahslarga tayyorgarlik ko‘rish oson emas.
Bu, shubhasiz, bizning va mening shaxsiy saviyamizni oshiradi. Biz yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilamiz. Har bir klubning o‘ziga xos kuchli jihatlari bor: kimdadir so‘nggi 10 yildagi ko‘plab g‘alabalar, boshqasida kuchli tarkib, yana birida esa katta moliyaviy investitsiyalar ustunlik beradi.
Biz ham o‘z kuchli tomonlarimizni bilamiz. Ular so‘nggi 4-5 yil davomida barqaror namoyish etib kelayotgan o‘yinimiz bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, biz yanada yaxshiroq bo‘lishimiz mumkin. Aynan shunga e’tibor qaratmoqdamiz — barqarorlikni saqlab qolish. Siz buni barqarorlik deb atadingiz, ammo men shunchaki barqaror bo‘lishni istamayman. Men rivojlanishni, yaxshiroq va yanada ambitsiyali bo‘lishni xohlayman. Biz aynan shunga intilmoqdamiz», — dedi Arteta ESPN nashriga.