«Lill» bosh murabbiyi Davide Anchelotti 18 yoshli yarimhimoyachi Ayub Buaddi transferi bo‘yicha muzokaralar ketayotganini tasdiqladi. Avvalroq The Telegraph «Manchester Siti» futbolchi transferi ustida ishlayotganini xabar qilgandi.
«Lill» futbolchini sotishni istamayapti va uning transferi uchun kamida 85 million funt, ya’ni qariyb 100 million yevro talab qilmoqda. Avvalroq Buaddi «Manchester Siti» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgandi.
«Albatta, muzokaralar ketmoqda. Unga ko‘plab klublardan qiziqish bor. U juda, juda yaxshi futbolchi va uning biz bilan qolishiga umid qilaman.
Uni o‘ziga xos qiladigan jihat nima? Unda juda kuchli xarakter bor. U maydonda ham, undan tashqarida ham nihoyatda aqlli, juda yetuk. U 18 yoshda, ammo maydonda xuddi 32 yoshli futbolchidek ko‘rinadi.
Texnik jihatdan u juda universal. Jismonan ham kuchli va yakkakurashlarda juda yaxshi. Kelasi o‘n yil ichida u Yevropaning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biriga aylanadi», — dedi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Buaddi o‘tgan mavsum Liga 1da 30 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.