«Manchester Siti» hamon «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olishdan umidini uzmagan.
«Shaharliklar» belgilangan muddatda, juma kuni kechgacha kerakli summani - taxminan 140 million yevroni taklif qilmadilar. Biroq, insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Siti» vakillari hali ham argentinalik futbolchi nomzodidan voz kechmagan va transferni amalga oshirish yo‘lini topish maqsadida «Chelsi»ga qo‘ng‘iroq qilishda davom etmoqda.
Transfermarkt portali Enso Fernandesning aktual transfer narxini 100 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, londonliklar yarimhimoyachini 2023-yil boshida «Benfika»dan 121 million yevroga sotib olgan edi. 25 yoshli argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2032-yilgacha mo‘ljallangan.