Live
1
O'zbek

Gakpo «Tottenhem» bilan kelishib oldi

Futbol
16 avgust, 03:13
«Liverpul» vingeri londonliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Gakpo «Tottenhem» bilan kelishib oldi
Foto: Gettyimages

«Liverpul» qanot hujumchisi Kodi Gakpo «Tottenhem» bilan shaxsiy shartnoma asosida kelishuvga erishdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Gakpo «mersisaydliklar» rahbariyatiga klubni tark etib, «Tottenhem»ga o‘tmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Futbolchi yangi mavsumda uni jiddiy raqobat va cheklangan o‘yin vaqti kutayotganini tushunadi, shuning uchun yangi chaqiruvni qabul qilishni ma’qul ko‘rgan.

Ma’lumot uchun o‘tgan mavsumda 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 52 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Gakponing aktual transfer narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar