Live
1
O'zbek

«Everton» «Arsenal» futbolchisi uchun taklif tayyorlamoqda

Futbol
16 avgust, 03:57
Londonliklar himoyachisi taqdiri Ezri Konsa transferiga bevosita bog‘liq.
«Everton» «Arsenal» futbolchisi uchun taklif tayyorlamoqda
Foto: Gettyimages

Londonning «Arsenal» klubi o‘ng qanot himoyachisi Ben Uayt transfer oynasi yopilishidan avval klubini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar berdi Football Insider.

28 yoshli futbolchiga APLning boshqa bir jamoasi «Everton» da’vogarlik qilmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, agar «to‘potarlar» «Aston Villa»dan Ezri Konsani sotib olsa, liverpulliklar Uayt uchun taklif yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Ben Uaytning amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchining o‘zi «Everton»ga o‘tishga tayyor - u muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushishni istaydi, Mikel Arteta jamoasida esa bu deyarli imkonsiz.

Transfermarkt portali angliyalik futbolchining aktual transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar