Live
1
O'zbek

«Real»ning yangi forvard transferi muzokaralarida Mourinio hal qiluvchi rol o‘ynagan

Futbol
16 avgust, 04:34
Portugaliyalik shaxsan o‘zi yosh forvardni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan.
«Real»ning yangi forvard transferi muzokaralarida Mourinio hal qiluvchi rol o‘ynagan
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio hujumchi Karlos Espini bu transferga rozi bo‘lishga shaxsan ko‘ndirgan.

«Qaymoqranglilar» 21 yoshli futbolchini «Levante»dan iyul oyi oxirida 25 mln yevro evaziga sotib oldi. Jurnalist Gilermo Raining ma’lum qilishicha, muzokaralarda, forvardga qo‘ng‘iroq qilib, suhbatlashgan, Mourinio hal qiluvchi rol o‘ynagan. Portugaliyalik futbolchining jamoadagi rolini tushuntirib, uni klassik «to‘qqizlik» sifatida ko‘rayotganini aytgan.

«Real» ushbu jarayonda ishtirok etayotgan barchani o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan – shu sababli kelishuv oxirigacha sir tutilgan. Angliya premer-ligasining bir qator klublari ham Espini o‘z safida ko‘rishni istagan, biroq «Real»dan bo‘lgan qo‘ng‘iroqdan keyin ispaniyalik bir qarorga kelgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar