UFC 330 turnirida Yan Gerri ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan rossiyalik jangchi Islom Maxachev o‘z muvaffaqiyatiga izoh berdi.
«Yan buyuk jangchi va yaxshi yigit. Men uni hurmat qilaman. U menga juda yaxshi qarshilik qildi. Buning uchun unga rahmat. Bu mening faoliyatimdagi eng og‘ir jang bo‘ldimi? Ehtimol, Avstraliyadagi birinchi jang qiyinroq bo‘lgandir. U jiu-jitsu bo‘yicha eng yaxshi murabbiylardan biri bilan ishlayapti. U bilan oson bo‘lmadi. Yarim o‘rta vazndagilarni yengish qiyinroq. Lekin uslubim baribir ish beryapti. Men ularni kanvasga ko‘chiraman va nazorat qilaman», - dedi Maxachev oktagonda.
Ma’lumot uchun, Islom g‘alabalar seriyasining davomiyligi bo‘yicha promoushen rekordini o‘rnatdi - 17 ta jang.