«AZ Alkmaar» klubi himoyachisi Kes Smit La Liga grandlarining transfer qiziqishlari ro‘yxatidan o‘rin egallagan.
20 yoshli futbolchiga «katta uchlik»ning barcha vakillari - «Barselona», Madridning «Real» va «Atletiko» jamoalari da’vogarlik qilmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Xose Feliks Dias.
Biroq, bu yozda transfer amalga oshishi dargumon: «qaymoqranglilar» tarkibni mavsum uchun shakllantirib bo‘lgan deb hisoblanmoqda va agar kutilmagan yo‘qotishlar bo‘lmasa, jamoa transfer bozoriga chiqishni rejalashtirmayapti; «ko‘k-anorranglilar» bor e’tiborini Rodri bo‘yicha kelishuvga qaratgan; «matraschilar» esa allaqachon yarimhimoyani Morten Yulmann bilan mustahkamlab, uning transferi uchun 40 million yevro sarflab ulgurgan.
Transfermarkt portali Kes Smitning aktual transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda. Biroq «AZ Alkmaar»ning talabi ancha ko‘proq - 60 million yevro.
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.