Live
1
O'zbek

Stounz: «Yana Akanji bilan birga o‘ynashimdan xursandman»

Futbol
16 avgust, 02:01
Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Shveysariya milliy jamoasi a’zosi bilan yana birga o‘nayshi haqida gapirdi.
Stounz: «Yana Akanji bilan birga o‘ynashimdan xursandman»
Foto: Gettyimages

«Inter» klubi markaziy himoyachisi Jon Stounz hamkasbi Manuel Akanji bilan yana bir jamoa safida to‘p tepishi haqida fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun, angliyalik va shveysariyalik futbolchilar avvalroq «Manchester Siti» tarkibida birga o‘ynagan.

«Akanji — ajoyib, kamtarin va samimiy inson. U maydonda ham o‘zini aynan shunday tutadi. Bu jahon darajasidagi o‘yinchi. U bilan uch yil davomida «Manchester Siti»da bir kiyinish xonasida bo‘lganimdan baxtiyorman va endi «Inter»da birga o‘ynashimizdan juda ham xursandman», — deya Stounzning so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Daniele Mari.

Eslatib o‘tamiz, Manuel Akanji o‘tgan yozda «neradzurrilar» safiga kelib qo‘shilgan va mavsum yakunida klub uni «shaharliklar»dan to‘liq sotib olgan edi. Jon Stounz esa bu yozda erkin agent sifatida ayni shu yo‘nalishda bir jamoadan ikkinchisiga ko‘chib o‘tdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar