Live
1
O'zbek

Suárezning "Barsa"ga o'tishi ehtimoldan yiroq

Futbol
16 avgust, 04:30
"Ko'k-anorranglilar" Luisning 80 mln yevrolik tovon pulini to'lashni rejalashtirishmayapti.
Suárezning "Barsa"ga o'tishi ehtimoldan yiroq
Foto: Getty Images

"Sporting" hujumchisi Luis Suárezning "Barselona"ga o'tishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

"Ko'k-anorranglilar" Suárezning 80 million yevrolik tovon pulini to'lashni rejalashtirishmayapti. Chunki klub bu narxni yuqori deb hisoblamoqda.

O'z navbatida, "Sporting" hech qanday chegirma qilish niyatida emas. Kutilganidek, Luis Portugaliyada qoladi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda 38 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq "Barselona" Alvares transferi amalga oshmasa, Suárez variantiga e'tibor qaratishi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Sporting CP Sporting CP
Bugungi yangiliklar