Live
20
O'zbek

«Barselona» Fort uchun 15–20 million yevro talab qilmoqda

Futbol
15 avgust, 10:15
Kataloniya klubi himoyachini sotishga tayyor, biroq keyingi transferdan ulush olmoqchi.
«Barselona» Fort uchun 15–20 million yevro talab qilmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Ektor Fort Dortmundning «Borussiya» klubi qiziqishlari doirasida. Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, nemis klubi futbolchi transferining asosiy da’vogari hisoblanadi.

Kataloniya klubi 19 yoshli himoyachini 15–20 million yevroga baholamoqda. Biroq «Barselona» Fortning keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning bir qismini olish huquqini yoki futbolchini qayta sotib olish bandini saqlab qolsa, transfer narxini pasaytirishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, Fort «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning rejalaridan o‘rin olmagan.

Ma’lumot uchun, Fort o‘tgan mavsumni «Elche»da ijara asosida o‘tkazdi va La Ligada 14 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar