Live
10
O'zbek

Shotlandiya milliy jamoasini belgiyalik mutaxassis boshqaradi — manba

Futbol
15 avgust, 11:20
39 yoshli murabbiy faoliyati davomida «Yunion Sen-Jil» va «Monako»ni boshqargan.
Shotlandiya milliy jamoasini belgiyalik mutaxassis boshqaradi — manba
Foto: Getty Images

Sebastian Pokonioli Shotlandiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda The Times xabar berdi.

39 yoshli belgiyalik mutaxassis yaqin vaqt ichida Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida rasmiy tanishtirilishi kutilmoqda. U ushbu lavozimda 2026 yildagi jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, guruh bosqichidan o'ta olmagan jamoa bosh murabbiyi Stiv Klark o'rnini egallaydi.

Pokonioli murabbiylik faoliyati davomida «Yunion Sen-Jil» va «Monako»ni boshqargan. U «Yunion Sen-Jil» bilan Belgiya chempionligiga erishgan.

Avvalroq Shotlandiya milliy jamoasi Stiv Klark bilan yangi mehnat shartnomasi imzolagani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
Bugungi yangiliklar