Live
16
O'zbek

Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiy bilan yangi shartnoma imzoladi

Futbol
28 may, 08:09
Stiv Klark jamoani 2030-yilgacha boshqaradi.
Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiy bilan yangi shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images

Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stiv Klark bilan yangi mehnat shartnomasi imzoladi. Bu haqda milliy jamoaning rasmiy manbalari xabar berdi.

Qayd etilishicha, 62 yoshli mutaxassis Shotlandiya milliy jamoasini 2030-yilgacha boshqarishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Klark jamoani 2019-yildan buyon boshqarib kelmoqda.

U faoliyati davomida «Aston Villa», «Reading» va «Vest Bromvich» klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, «Liverpul», «Vest Hem» hamda «Chelsi»da yordamchi murabbiy sifatida ham faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Shotlandiya milliy jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida Braziliya, Marokash va Gaiti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

AQSH, Meksika va Kanadada o‘tadigan mundial 11-iyun kuni start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
Bugungi yangiliklar