«Atletik» himoyachisi Emerik Laport klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchiga «Real» qiziqish bildirmoqda. Madridliklar himoyachining tajribasi yangi mavsumda jamoaga foyda keltirishiga ishonmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Emerik 2026 yildagi jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va jamoasiga musobaqada g'olib chiqishiga yordam berdi.
Avvalroq «Barselona» ispaniyalik himoyachini transfer qilishni rejalashtirmayotgani ma'lum qilingandi.