«Aston Villa» «Atletiko» himoyachisi Matteo Rujeri transferini rasmiylashtirishni yakunlamoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klublar transfer bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni almashgan. Italiyalik futbolchining transferi «Aston Villa»ga 25 million yevroga tushadi. Yana 1,5 million yevro bonuslar ko‘rinishida belgilangan.
Shu tariqa, qo‘shimcha to‘lovlar hisobga olinganda Rujeri transferining umumiy qiymati 26,5 million yevroni tashkil qilishi mumkin.