"Atletiko" futbolchisi Hulian Alvares hali ham jamoadan ketish niyatida. Bu haqida Sport.es xabar berdi.
Madridliklar hujumchisi 2026 yildagi jahon chempionati vaqtida klubdan ketish istagi haqida aytgan gaplari uchun jamoadoshlaridan uzr so'ramagan. Futbolchining qarori hamon o'zgarmagan va u "matraschilar" bilan xayrlashishni maqsad qilgan.
Ma'lum qilinishicha, "Atletiko"da Alvares klub vakillaridan uzr so'rashi kerak deb hisoblanmoqda va rahbariyat uni sotish niyatida emas. Madridliklar argentinlik futbolchiga jamoaning sobiq hujumchisi Antuan Grizmanning holatiga e'tibor qaratishni tavsiya qilmoqda.
Shuningdek, "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Alvaresga unga ishonishini bildirgan. Lekin bu ham futbolchining qarorini o'zgartirmagan.
Avvalroq "Atletiko" "Barselona" ustidan Alvares sabab shikoyat qilgani haqida xabar berilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi