Live
4
O'zbek

Rodri kelasi hafta «Man Siti» bilan mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirmayapti

Futbol
15 avgust, 04:50
30 yoshli futbolchi allaqachon «Barsa»ning taklifini qabul qilgan.
Rodri kelasi hafta «Man Siti» bilan mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirmayapti
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri yaqin kunlarda «Barselona» safiga qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Jek Gagan xabar berdi.

30 yoshli futbolchi allaqachon «ko'k-anorranglilar»ning taklifini qabul qilgan. Endi u klublar o'zaro kelishib olishini kutmoqda.

Ma'lum qilinishicha, ispan futbolchi kelasi hafta «shaharliklar» bilan mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirmayapti. Chunki o'sha vaqtga kelib uning «Barselona»ga transferi rasmiylashtirilishiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, «ko'k-anorranglilar» Rodri uchun 70 million yevro taklif qilishga tayyor, «Manchester Siti» esa 80 million yevro atrofida mablag' talab qilmoqda. Shunga qaramay, tomonlar yaqin vaqt ichida kelishuvga erishishi mumkin.

Avvalroq «Barselona» Rodri uchun uchinchi taklifni tayyorlayotgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar