«Chelsi» vingeri Mixailo Mudrik diskvalifikatsiya davri qanday o‘tgani haqida gapirdi.
«Ochig‘ini aytsam, bu xuddi 18 oylik mavsumoldi tayyorgarligiga o‘xshardi. Men mashq qilishdan to‘xtamadim, juda qattiq mashq qildim. Taslim bo‘lmay, bor kuchim bilan ishlashga harakat qildim. To‘g‘ri tiklanish jarayoni — uyqu grafigi, ovqatlanish va boshqalarga amal qilgan holda haftasiga olti kun mashg‘ulot o‘tkazdim. Hammasi odatiy tarzda edi, faqatgina kuniga ikki mahal mashg‘ulotlar.
Maqsadim yana qaytib, futbol olamida nomimni eslatib qo‘yish edi. Bu mening vazifam edi va nima qilish kerakligini bilardim. Faqatgina tinimsiz mehnat tufayli biror nimaga erishishingiz mumkin», — dedi Mudrik klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabr oyida futbolchining organizmida taqiqlangan meldoniy moddasi aniqlandi. Diskvalifikatsiya bekor qilinganidan so‘ng, Mudrik «Chelsi» safida uchta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib ulgurdi.