Superliga 17-turida "Dinamo" Samarqandda "Xorazm"ga qarshi bellashdi. Bu bahsda ham muxlislar gollar shousiga guvoh bo‘lishdi.
Jangovar kechgan qarama-qarshilik 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Behruzbek Oblaqulov va Jahongir Abdusalomov mezbonlar safida gollarga mualliflik qildi. Urganchliklarning gollari Rustam Abduhamidov hamda Diyor Ortiqboev hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "Dinamo" 22 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Xorazm" esa 20 ochko to‘plab, 11-pog‘onaga yuqoriladi.
Superliga. 17-tur
Dinamo – Xorazm 2:2
Gollar: Rustamjon Abduhamidov, 41 (0:1), Behruzbek Oblaqulov, 63 (1:1), Jahongir Abdusalomov, 74 (2:1), Diyorbek Ortiqboev, 80 (2:2)
Dinamo: 1.Edem Nemanov, 3.Mikhail Shtefan, 4.Nurillo To‘xtasinov (21.Jahongir Abdusalomov, 46), 7.Sanjar Qodirqulov (22.Ulug‘bek Abdullaev, 31), 15.Rasul Yo‘ldoshev (30.Haris Hayderovich, 46), 16.Amadu Dumbuya (44.Abdulg‘afur Haydarov, 58), 19.Tigran Avanesyan (25.Oybek O‘rmonjonov, 75), 20.Jaloliddin Jumaboev, 26.Marko Stanoevich, 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruzbek Oblaqulov.
Xorazm: 77.Umidjon Ergashov, 13.Elzio Lohon (11.Danila Yezhov, 78), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Daniil Nugumanov, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 34.Suhrob Izzatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umidbek Sultonov (6.Nurjahon Muzaffarov, 78), 90.Ulug‘bek Hashimov (41.Ismadiyor Ummatov, 84), 94.Rustam Abduhamidov (9.Sardorbek Azimov, 46), 96.Rafael Sabino (8.Nodirbek Abduxoliqov, 65).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi