«Lokomotiv» klubi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov yana bir og‘ir judolikka uchradi.
34 yoshli futbolchining o‘g‘li vafot etdi. 4 yil avval qizi ham hayotdan ko‘z yumgandi.
«Futbolchining alamli hayoti...
Doim ham oilang bilan bo‘laversan. Issiq-sovuq paytlarda safarda bo‘lishing mumkin. Navbatdagi turga ketayotganingda erka o‘g‘ling kuzatgani chiqadi:
— Menga nima olib kelasiz, ada? — deydi.
Yo‘ldasan... Qo‘ng‘iroq...
— O‘g‘lim, o‘g‘ling omonatini topshirdi...
Qanday axir, qanday?
To‘rt yil avval qizchasini o‘z qo‘llari bilan qabrga qo‘ygani kamdimi? Qanday qilib yana bunday sinov?
Axir ota-onasining duosini olib yurgan bo‘lsa, birovga og‘ir gapirmasa, iroda topib hayotidagi faoliyatini davom ettirishda kuch topa olgan bo‘lsa...
Yaratgan suyukli bandasiga sinov beradi.
Temurxo‘ja, bardam bo‘l, uka!
O‘g‘ling va qizing seni va oilangni jannatda, eshiklarni ochib kutib oladi hali. Hali sen boqiy dunyoda ularni to‘yib-to‘yib bag‘ringga bosasan!
Bugun muborak kun. Bolajonning haqqiga duo qilib qo‘ying. Joying jannatda bo‘lsin bolajon», — deb yozadi jurnalist Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev o‘z telegram kanalida.
Tribuna.uz sayti O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisiga hamdardlik bildiradi.
Temurxo‘ja Abduxoliqovning o‘g‘il farzandi vafot etdi
Futbol
14 avgust, 03:39
Tribuna.uz sayti O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq hujumchisiga hamdardlik bildiradi.
Foto: Lokomotiv PFC
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi