UFC’ning yarim o‘rta vazn bo‘yicha chempioni Islom Maxachev MMA jangchisi sifatidagi faoliyatidagi keyingi maqsadi haqida gapirdi.
«Biz allaqachon barcha mumkin bo‘lgan rekordlarni yangiladik. Ehtimol, endi 20 ta jangdan iborat g‘alabali seriyani qayd etish kerak. Bu juda yaxshi bo‘lardi.
Agar ketma-ket 20 ta g‘alaba qozonishning uddasidan chiqsak, ehtimol, hech kim bu rekordni yangilay olmaydi», — dedi Maxachev.
Ayni paytda Maxachev ketma-ket 16 ta g‘alabadan iborat seriyaga ega. 16 avgust kuni u Filadelfiyada bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turnirida Ian Gerriga qarshi jang qiladi.
Maxachev: "20 ta jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etsam, rekordni hech kim yangilay olmaydi"
MMA
14 avgust, 03:14
Yarim o‘rta vazn chempioni UFC'dagi maqsadi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images