«Udineze» himoyachisi Tomas Kristensen «Atalanta»ga o‘tdi.
Avvalroq Bergamo klubi daniyalik futbolchini 22+5 million yevro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishi xabar qilingan edi.
«Atalanta» futbol klubi Tomas Kristensennni «Udineze»dan ijaraga olganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi mavjud bo‘lib, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda bu majburiyatga aylanadi.
Tomas «Udineze»da uch mavsum o‘tkazib, barcha musobaqalarda 81 ta bahsda maydonga tushdi va 4 ta gol urg‘an.
Shuningdek, u Daniyaning U-18 dan U-21 gacha bo‘lgan yoshlar jamoalarida 18 ta o‘yin o‘tkazgan. Kristensen 2025 yildagi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ham muhim rol o‘ynab, Daniya milliy jamoasi bilan chorakfinalga qadar yetib borgan», — deyiladi «Atalanta» bayonotida.
Kristensen "Atalanta" futbolchisiga aylandi
Futbol
14 avgust, 02:26
Bergamo klubi daniyalik himoyachini ijaraga oldi.
Foto: Atalanta