"PSJ" "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsiga qiziqish bildirmoqda.
Tuttosport nashri xabar berishicha, parijliklar prezidenti Nosir Al Xilayfiy ispaniyalik futbolchini shartnomasi 2028 yil yozida tugaydigan sardor Markinosning o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rmoqda.
Manbaga ko'ra, Kubarsi o'zining o'yinni ajoyib tushunishi, o'ziga bo'lgan ishonchi, himoyadagi aniq harakatlari va yosh bo'lishiga qaramay, hujumlarni himoyadan boshlay olishi tufayli Yevropaning ko'plab yetakchi klublari e'tiborini tortgan.
Shu yozda 19 yoshli futbolchi Ispaniya milliy jamoasi bilan birga jahon chempioni bo'ldi, shuningdek, turnirning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano "Barselona" va "PSJ" hujumchi Ferran Torresning 50 million yevro evaziga transferi bo'yicha kelishuvga erishganini xabar qilgandi.
"PSJ" Ferran transferidan so'ng Kubarsiga e'tibor qaratadi
Futbol
14 avgust, 02:06
Parij klubi "Barselona" himoyachisini Markinosning o'rnini egallashga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi