Bugun
29
O'zbek

Ogʻir atletika. Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kunida 15 ta medal qoʻlga kiritdi

Boshqa sportlar
14 avgust, 01:23
Muhammadshokir Turdaliyev oltin medal keltirdi.
Ogʻir atletika. Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kunida 15 ta medal qoʻlga kiritdi
Foto: Olympic uz

Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda.

MOQ matbuot xizmati yozishicha, 13 avgust kungi bellashuvlar oʻzbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechib, ular 1 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
Oʻsmirlar:
-95 kg: Muhammadshokir Turdaliyev (siltab koʻtarish)

🥈 Kumush medal:
Oʻsmirlar:
-95 kg: Muhammadshokir Turdaliyev (ikki kurash)

Yoshlar:
-95 kg: Bekzod Gʻofirjonov (siltab koʻtarish)
-95 kg: Bekzod Gʻofirjonov (ikki kurash)
-77 kg: Dilnura Xoldorova (dast koʻtarish)
-77 kg: Dilnura Xoldorova (ikki kurash)

🥉 Bronza medal:
Oʻsmirlar:
-95 kg: Alisher Osmanov (siltab koʻtarish)
-95 kg: Alisher Osmanov (ikki kurash)
+95 kg: Elbek Idiyev (dast koʻtarish)
+95 kg: Elbek Idiyev (siltab koʻtarish)
+95 kg: Elbek Idiyev (ikki kurash)
+77 kg: Xulkar Roʻziqulova (dast koʻtarish)

Yoshlar:
-77 kg: Dilnoza Fayzullayeva (dast koʻtarish)
-77 kg: Dilnoza Fayzullayeva (siltab koʻtarish)
-77 kg: Dilnoza Fayzullayeva (ikki kurash).

Bugungi yangiliklar