Bugun
29
O'zbek

Unal "Xetafe"ga qaytdi

Futbol
14 avgust, 00:21
Turkiyalik forvard "Bornmut"ni tark etib, Madrid klubiga qo'shildi.
Unal "Xetafe"ga qaytdi
Foto: Getafe

Hujumchi Enes Unal yana "Xetafe" o'yinchisiga aylandi.

29 yoshli turk "Bornmut"ni tekinga tark etdi. Biroq ingliz klubi bonuslar ko'rinishida 1,3 million funtgacha mablag' olishi, shuningdek, Enesning kelajakdagi har qanday transferidan 20 foiz ulushga ega bo'lishi mumkin.

"Xetafe"ning ma'lum qilishicha, futbolchi 2029 yil iyuniga qadar mo'ljallangan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, Unal 2020 yilda Ispaniya klubiga qo'shilgan. Keyin 2024 yilda "Bornmut" safida ijara asosida o'ynagan va shundan so'ng ingliz klubi tomonidan sotib olingandi.

Hujumchi "Xetafe" safida jami 109 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar